15−21 iyul kunlari O‘zbekistonda jazirama issiq saqlanib qoladi, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Kunduzgi soatlarda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 5−7 daraja yuqoriroq bo‘lib, 40−43 darajani, janub va cho‘l hududlarida 44−45 darajagachani tashkil etishi kutilmoqda.

«Bu yilgi iyul oyi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng issiq iyul ekanligi ma’lum bo‘lib turibdi», — deyiladi xabarda.

Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatilishi mumkin, shuningdek havo harorati yuqoriligi fonida respublikamizning tog‘ oldi va tog‘olditumanlarida muzliklar erishi natijasida Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan selli suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumoti