Ichki ishlar vazirligi tizimida yaqinda tashkil etilgan Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga polkovnik Rustam Abdumajitovich Toshpo‘latov boshliq etib tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Bundan tashqari, Samarqand va Buxoro viloyatlari IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalariga podpolkovniklar Eldor Mahmudovich Alqarov hamda Olim Mardonovich Fayziyevlar tayinlandi.

Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi mart oyida tashkil etilgan, unga birinchi bo‘lib polkovnik Doniyor Qodirov rahbarlik қилганэди.