O‘zbekiston energiyadan ratsional foydalanish, issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirish, ifloslanish va chiqindilar hosil bo‘lish darajasini minimallashtirish, ekotizimlarni barpo etish va qayta tiklash bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqmoqda. Bu haqda moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 8−9 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Yevropa va MDH davlatlari uchun yashil iqtisodiyot bo‘yicha mintaqaviy vazirlirlik anjumanida ma’lum qildi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda davlat-xususiy sherikchilikni (DXSH) rivojlantirish asosida yangi loyihalarga tayyorgarlikni boshladi. Bu 2030 yilgacha energetika sektorida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizga yetkazish imkoniyati mavjud.

«Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida so‘zlar ekanmiz, biz asosan gidroenergetikani nazarda tutamiz. Shu sababli quyosh energetikasini rivojlantirish biz uchun juda muhim. Va men, kelajakni bir oz oldindan ayta olamanki, biz O‘zbekistonda yaqin 5, balki 7 yil davomida qariyb 5000 MVt quyosh energiyasi quvvatlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Anjumanda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish hamda atrof-muhitga zararli ta’sir darajasini pasaytirish masalalari muhokama qilindi.

Albaniya energetika vaziri o‘rinbosari Ilir Beytya bir necha turdagi qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish zarurligini, aks holda iqtisodiyot zaif, mamlakat esa ushbu manbaga qaram bo‘lib qolishini ta’kidladi.

«Yashil texnologiyalarni joriy etish, moslashtirish va tarqatish uchun sharoit yaratilishi lozim. Odatda ushbu sharoitlarni xususiy sektor yaratadi. Biznes xatarlar, daromadlar, xarajatlar va tijoriy foydalarni taqqoslaydi», — dedi Yashil o‘sil global instituti bosh direktori o‘rinbosari, yashil o‘sishni rejalashtirish va jriy etish bo‘limi rahbari Xyon Jenni Kim.

O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom Mamatqulovning fikricha, soliqlardan ozod qilish qayta tiklanuvchi energiya manbalariga biznes e’tiborini jalb qiladi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer Markaziy Osiyo mintaqasi Orol dengizi ta’sirini yumshata olmadi, shu sababdan bu yerda ob-havo tezroq isimoqda. Iqlim o‘zgarishi bevosita iqtisodiyotga taalluqli bo‘lmoqda. Yashil iqtisodiyotga kiritilgan sarmoya, ekologiya sohasidagi DXSH bioxilma-xillikning yo‘qolishi, uglerodlarlar chiqarilishini kamaytirib, ekotizim xizmatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. Yashil iqtisodiyot qashshoqlikni yo‘qotishda ko‘plab imkoniyatlarni taklif etadi.

«Biz Orol fojiasi oqibatlarini his etishni boshladik, — dedi BMTTDning O‘zbekistondagi barqaror rivojlanish bo‘yicha klaster yetakchisi Xurshid Rustamov. -Mintaqada ichimlik resurslari yetarli emas, bioxilma-xillikning jiddiy yo‘qotilishi kuzatilmoqda, aholi daromadlari qisqarmoqda, kasallik darajasi oshmoqda. Tuzli bo‘ronlar iqlim o‘zgarishidan so‘zlamoqda. Hosilni yo‘qotish — iqlim o‘zgarishining jiddiy oqibatlaridan biri. Atmosfera havo bilan bog‘liq muammolar sababli mintaqada sil kasalligi darajasi yuqori».