Bugun Panamada Roman — Ahmadaliyev jangini tashkil etish bo‘yicha promouterlik savdolari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Olamsport.com sayti xabar berdi.

Murodjon Ahmadaliyev bilan hamkorlik qiladigan «Mir Boksa» kimoshdi savdoning yagona ishtirokchisi bo‘ldi. Kompaniya jang uchun 145 ming AQSH dollari qo‘ydi. Ushbu pulning 75 foizini (108,75 AQSH dollari) chempion Roman olsa, 25 foizi (36,25 ming AQSH dollari) da’vogar Ahmadaliyevga tushadi. Bundan tashqari reklama, translyatsiya va chiptalar sotuvidan ham qo‘shimcha bonuslar bo‘ladi.

Mazkur jangni tashkil etish uchun kompaniya Toshkent, Los-Anjeles va Sankt-Peterburg variantlarini ko‘rib chiqmoqda.