Toshkent shahrining Sergeli tumanida joriy yilning 28 iyun kuni IIB TBdan o‘zganing mulkini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirish bilan bog‘liq hujjat kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2017 yil 22 yanvar kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani U.Yunusov ko‘chasida yashovchi, 46 yoshli X.S. tanishi, Sergeli tumani 4-dahada yashovchi, 54 yoshli I.T.ning uyida, unga birgalikda tadbirkorlik qilishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 16000 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

X.S. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.