Shveysariya O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova hisob raqamlaridagi muzlatilgan 130 mln shveysar kronasi (133,7 mln dollar) miqdoridagi mablag‘ni mamlakatga qaytaradi. Bu haqda Shveysariya Bosh prokuraturasining 24 iyundagi xabarida so‘z boradi.

«Olti yildan beri olib borilaëtgan murakkab jinoyat ishi tergovi doirasida Bosh prokuratura kompaniyalar, ayniqsa, O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi ëki o‘z faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan chet el kompaniyalaridan katta miqdordagi pulning noqonuniy olinish sxemasini fosh qiluvchi dalillarga ega bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Mazkur sxema doirasida bu pullar xorij, asosan, Shveysariyada yuvilgan. O‘tkazilgan tergovlar natijasida birinchi hukm chiqarildi va muzlatilgan pullarning 130 mle shveysar frankini O‘zbekistonga qaytariladi, deyiladi xabarda.

Shveysariya Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2004−2013 yillarda «o‘ta faol bo‘lgan» Gulnora Karimovaning hukm qilingan qarindoshi (ismi oshkor qilinmagan erkak kishi) pul o‘tkazmalarining kelib chiqish manbalari va haqiqiy foydalanish maqsadlarini yashirgan holda ulardan bir qismini yuvish maqsadida kompaniyalar nomidan bank hisob raqamlarini ochadi. U shuningdek, mablag‘larning haqiqiy egasi Gulnora Karimova ekanini yashirish uchun soxta bank hujjatlariga imzo chekadi.

Mahkamaning qayd etishicha, ayni vaqtda Gulnora Karimova ishi bo‘yicha gumonlanayotgan yana beshta ish tergov qo‘lida bo‘lib, yana 650 mln shveysar franki muzlatilgan holatda saqlanmoqda.