Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 69-harbiy shaharchada ochilgan harbiy mahallaga Amir Temur nomi berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda Amir Temur nomli mahallada 300 dan ziyod harbiy xizmatchilar oilasi istiqomat qilmoqda.

Harbiy xizmatchilar oila a’zolarining bandligini ta’minlash maqsadida mahallada yangi tikuvchilik sexi ish boshlashi kutilmoqda.

Bu yerda shuningdek san’at, sport va kompyuter savodxonligi bo‘yicha to‘garaklari, shuningdek kutubxona ham faoliyat boshladi.