Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy dushanba kuni vafot etdi, deya xabar qildi RIA Novosti «Al-Ahram» nashriga tayangan holda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, boshqaruvga kelganidan ikki yil o‘tib, 2013 yilda vazifasidan chetlashtirilgan 67 yoshli prezident josuslik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud majlisi vaqtida olamdan o‘tgan.

Avvalroq sud Mursiyga o‘lim jazosini tayinlagan, biroq 2016 yilda kassatsiya sudi hukmni o‘zgartirib, ishni qayta ko‘rib chiqishga qaytargan edi.