16 iyun kuni kunduzi Bektemir tumanida Toshkent avtomobil halqa yo‘li yoqasidagi «Ko‘klangi vodiy» (Qo‘yliq) ulgurji bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, «Davru Davron avto» MCHJga tegishli katta yuk mashinalari turargohi hududida 60−70 kv. m maydonda yig‘ilib qolgan bo‘sh yog‘och qutilar va tagliklar yongan.

Yong‘in to‘g‘risidagi xabar 101 raqamiga 13:53 da kelib tushgan. Olov 14:35 da to‘liq o‘chirilgan.

Qurbonlar yo‘q. Jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot aniqlashtirilmoqda. Hodisa sababi o‘rganilmoqda.