Daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish uchun jarima miqdori bir necha barobarga oshirildi. O‘zbekiston prezidenti 28 may kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni imzoladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, jarimalar fuqarolar uchun EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (avval — 1/3dan 1 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa — EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval — 1 dan 3 barvargacha) oshirildi.

Xuddi shu qoidabuzarlik Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval — 1 dan 3 gacha), mansabdor shaxslarga esa -15 baravaridan 20 baravarigacha (avval — 3 dan 7 gacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Avvalroq 1 iyunga qadar mamlakatda obodonlashtirish maqsadlarida ekilgan, tuproq ko‘chishi, cho‘llanishning oldini oluvchi, shu jumladan yo‘l yoqalariga o‘tqazilgan barcha daraxtlar va butalar to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi xabar qilingan edi.