Kongratbay Avezimbetovich Sharipov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti 27 may kuni bu haqdagi farmonni imzoladi, deya xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

U aprelda prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Odil Abdurahmonov o‘rniga keldi.

Kongratbay Sharipov (1963 yilda tug‘ilgan) tayinlovga qadar — 2017 yildan — Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.