Joriy yilning aprel oyidan beri O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ilhom Norqulov bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ilhom Norqulov — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakultetida va Glazgo universitetining (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishida tahsil olgan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida va ishlab chiqarish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yetuk mutaxassis Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan edi. 2013−2018 yillarda Markaziy bankning Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.