Bojxonachilar tomonidan pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini jo‘natish kabi qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Boshpochtampt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro U.R. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganida, deklaratsiyada ko‘rsatilgan «CD 3» va «Books» tovarlari o‘rnida polietilen paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, ashyoviy dalil sifatida olingan marixuana giyohvandlik moddasining sof og‘irligi 414,76 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.