Endilikda har bir smartfon egasi o‘z shaxsiy Paynetiga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun smartfoningizga iOS yoki Android platformalaridagi «Paynet.uz» mobil ilovasini o‘rnatish va unga bank kartasini biriktirishingiz kerak bo‘ladi xolos. Natijada o‘zingiz uchun qulay vaqtda, hatto kechasi, bayramlarda, uy yoki ishxonangizdan chiqmagan holda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshira olasiz.


Biroq «Paynet» bu bilan cheklanib qolmoqchi emas, kompaniya foydalanuvchilar uchun yanada yaxshiroq xizmat ko‘rsatish maqsadida «Paynet Bonus» sodiqlik tizimini ishga tushirdi. Bu tizim har bir foydalanuvchiga xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda mablag‘larini tejashga yordam beradi. Endilikda «Paynet» to‘lov miqdorining 1,5 foizini cashback ko‘rinishida qaytaradi. Tejab qolingan mablag‘lardan boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarda foydalanishingiz mumkin.

To‘lov xizmatlaridan qanday foyda olish mumkin?

Avvalo, smartfoningizga «Paynet.uz» mobil ilovasini o‘rnatishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tish juda qulay va oson. Ro‘yxatdan o‘tishingiz bilan mobil ilovada bonusli karta paydo bo‘ladi.


Bank kartangizni ilovaga biriktirib, uning yordamida xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirsangiz, to‘lovning 1,5 foizi darhol bonus kartangizga qaytariladi.

Masalan, Internet uchun 100 ming so‘m to‘lasangiz, 1500 so‘mlik ball bonus kartangizga qaytariladi. Mobil aloqa uchun 50 ming so‘m to‘laganingizda, bonus kartangizga 750 so‘mlik ball qo‘shiladi. Bonus karta ilovada onlayn ko‘rinadi, shuning uchun to‘plangan mablag‘lar miqdorini xohlagan vaqtingiz bilishingiz mumkin. Bonus kartangizda yetarlicha ball to‘plangan bo‘lsa, ulardan «Paynet.uz» tizimidagi har qanday xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirishda to‘liqligicha foydalanishingiz mumkin.


Shunday qilib, endilikda siz Internet, uyali aloqa operatorlari, televideniye, onlayn savdo platformalari va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirib, mablag‘laringizni tejab qolishingiz mumkin. Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish yoki jarimalarni to‘lash uchun DYHXB binosiga borib, navbatda turishga hojat yo‘q — bularning barchasini «Paynet.uz» mobil ilovasi orqali amalga oshirishingiz mumkin. Ilovada 270 dan ortiq turli xizmatlar uchun to‘lovlar mavjud.

Izoh: kartadan kartaga pul o‘tkazish, Davlat xizmatlari yoki kommunal to‘lovlarni amalga oshirayotganda bonus to‘lanmaydi.


«Paynet» kompaniyasi 2005 yildan buyon doimiy ravishda kengayib kelmoqda va bugun O‘zbekistondagi yetakchi to‘lov tizimlaridan biri. Respublikamizning barcha hududlarida joylashgan 15 mingdan ortiq to‘lov punktlarida «Paynet» to‘lov tizimi yordamida kuniga o‘rtacha 1,3 mln aholi to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Kompaniya har doim zamon bilan hamnafas qadam tashlagan va bugun yanada ko‘proq qulayliklarni taklif etmoqda.

Batafsil ma’lumot olish uchun: (+998) 71−202−07−07

Sayt: paynet.uz

iOS va Android uchun «Paynet.uz» mobil ilovasini yuklab oling

Reklama huquqi asosida.