Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda. O‘zbekistonlik bokschi Bobo Usmon Boturov -69 kg vazn toifasida yaponiyalik Sevonretsga qarshi ringga chiqdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Jangda Bobo Usmon ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.

Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni uchtaga yetdi. Oldinda Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolovning ham final janglari bor.