Kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida 9 aprel kuni Buxoro ko‘chalarida katta miqdorda suv to‘plandi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.Jumladan, Amirobod, Amirabad, Xofiz Tanish Buxoriy, Rohat, Chorboqoli, Mirzo G‘afur, Xavzinav, Ozod, Nizomiy, Tursunoy, Kamolot, Tinchlik, Yangiobod, Tagband Bofon, Furqat, Xoja Porso ko‘chalari, shuningdek Buxoro tumani Shayxoncha ko‘chalari suvga to‘ldi.

Oqova suvlar to‘planishining oldini olish va suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarga hududiy favqulodda vaziyatlar, yong‘in xavfsizligi, ichki ishlar, obodonlashtirish va «Suvoqova» xizmatlari jalb qilinib, suvdan jabr ko‘rgan o‘nga yaqin xonadon aholisiga yordam ko‘rsatildi.