2 aprel kuni respublikaning shimoliy hududlariga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan nam va nisbatan iliq havo oqimlarining kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati O‘zgidrometga tayanib xabar qildi.

2 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Kunduzgi harorat +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

3 aprel kuni respublikaning qolgan hududlarida ham beqaror ob-havo hukmron bo‘ladi, O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda uning shiddati kuchayishi kutilmoqda. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. havo harorati kechasi +10…+15, kunduzi — +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

1−3 aprel kunlari shamol tezligi 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin.

4 aprel kuni respublika hududida momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanadi, faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Havo harorati kechasi 7−12, kunduzi — +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

5 aprel kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi asta-sekin pasayadi. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi.

6 aprelga kelib yog‘ingarchiliklar tinadi. Havo harorati kechasi +7…+12, kunduzi +17…+22 darajani tashkil etadi.

2−3 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi bor, 3−6 aprel kunlari esa tog‘ oldi va tog‘li hududlarga sel kelishi mumkin.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumoti