29−31 mart kunlari Malayziyaning Shah-alam shahrida taekvondo ITF bo‘yicha I Osiyo — Tinch okeani chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyoning 14 davlatidan 1824 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini 14 nafar sportchi himoya qildi. Ular musobaqada 14 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalni ko‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, musobaqadagi xalqaro toifadagi hakamlar tarkibidan o‘zbekistonlik Ubayt Mukarramov, Javlon Askarov va Zuhra Ergasheva joy oldi.

Chempionatda sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar:

1. Alloberdiyeva Nilufar 14 yosh, (40 kg) sparring 1-o‘rin, tul 1-o‘rin

2. Oktyabrov Shahobiddin 14 yosh, (45 kg) sparring 2-o‘rin

3. Shaniyazov Behruz 14 yosh, (40 kg) sparring 1-o‘rin

4. Yerkayev Nurbek 15 yosh, (48 kg) sparring 1-o‘rin

5. Hokimov Hojiakbar 10 yosh, (30 kg) sparring 1-o‘rin, tul 2-o‘rin

6. Jumanazarov Abrorbek 10 yosh, (36 kg) sparring 1-o‘rin, tul 2-o‘rin

7. Omonov Umidjon 15 yosh, (57 kg) sparring 1-o‘rin

8. Nosirova Xurshida 11 yosh, (40 kg) sparring 1-o‘rin, tul 1-o‘rin

9. Mustafoyev Muhammad 8 yosh, (20 kg) sparring 1-o‘rin, tul 3-o‘rin

10. Raufov Timur 8 yosh, (25 kg) sparring 1-o‘rin

11. Hamidullayeva Omina 7 yosh, (20 kg) sparring 1-o‘rin

12. Hamidullayev Abdurazzoq 18 yosh, (45 kg) sparring 1-o‘rin

13. Hamidullayev Abdujabbor 14 yosh, (40 kg) sparring 1-o‘rin

14. Murodullayev Sherzodjon 17 yosh, sparring 2-o‘rin, tul 3-o‘rin.