30 mart kuni O‘zbekistonda Qozog‘iston yili munosabati bilan Chimkent-Toshkent velomarafoni bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi va Qozog‘iston Velosport federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi, deya xabar qildi Sport vazirligi «Gazeta.uz"ga.

Chimkent hokimiyati oldida start olgan velomarafon masofasi 130 kilometrni tashkil etdi. Velopogachilar uchun yo‘lda «Yashil koridor» tashkil etildi.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi binosi qarshisida tashkil etilgan velopoyga finishida barcha ishtirokchilar uchun madaniy dastur o‘tkazildi.

Marafonning asosiy ishtirokchilari — O‘zbekiston va Qozog‘istondan velosport havaskorlaridir. Eng yoshi katta ishtirokchi 62, eng kichigi 10 yoshda.

Velomarafonda Qozog‘istondan 150, O‘zbekistondan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.