TDTU «Konchilik ishi va metallurgiya» fakulteti dekani va bir guruh professor-o‘qituvchilar 27 mart kuni ehtiyotsizlik oqibatida talabalar yotoqxonasining oltinchi qavatidagi derazadan qulab tushgan talabaning Parkent tumanidagi uyiga tashrif buyurdi, deya xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Suhbat davomida qizning onasi M.A. qizida yurak yetishmovchiligi bo‘lgani, bosh miya bosimining ortishidan shikoyat qilib turganini ma’lum qilgan.

Sh. U. ustozlari va kursdoshlari hamrohligida dafn qilindi.

«Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi marhumaning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi», — deyiladi xabarda.

Vazirlik matbuot xizmatining qayd etishicha, Sh. U. tabiatan og‘ir va bosiq bo‘lgan, hech kim bilan ixtilofga bormagan, oilasida hech qanday muammolari bo‘lmagan. O‘qishda a’lo baholarga o‘qigan, xulqi namunali, talabalar orasida hurmatga ega va o‘zining faolligi bilan ajralib turgan.