Buxoro shahridagi «Favvoralar maydoni» bog‘iga balandligi 60 metr, hajmi 16 metrga 8 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda viloyat hokimligining saytida xabar berildi.

Toshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» maydonida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining yirik ko‘rinishi o‘rnatilganidan beri viloyatlar markazlarida ham ulkan bayroqlar o‘rnatilmoqda.