19 mart — Navro‘z arafasida — Toshkentda ilk bor Xalqaro kartoshka kuni nishonlanadi, deya xabar qildi tadbir tashkilotchilari «Gazeta.uz"ga.

Xuddi shu kuni Kartoshka ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi yirik fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchilar va o‘g‘it yetkazib beruvchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, riteyl tarmoqlar egalari, shuningdek MDH va yevropalik mehmonlar ishtirokida ko‘rgazma va kooperatsion birja bo‘lib o‘tadi.

Maxsuslashtirilgan asbob-uskunalar ko‘rgazmasida ekspertlar kartoshka ishlab chiqarish sohasidagi texnologik yangiliklar va ishga zamonaviy yondashish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, urug‘chilik kompaniyalari, maxsuslashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi — xolodil (muzlatuvchi, sovutuvchi) va irrigatsion uskunalar ishlab chiqaruvchilari hamda o‘simliklarni muhofaza qiluvchi preparatlar va boshqa bir qator kompaniyalar ham tadbirda o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Anjuman davomida mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlar namoyishi, ochiq muloqotlar hamda seminar spikerlarining chiqishlari ham rejalashtirilgan. Tadbirga tashrif buyuruvchilar kartoshka ishlab chiqarish va unga qayta ishlov berishda urug‘chilikdan tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan jarayon bilan tanishadi.

O‘zbekistonda kartoshkadan yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi korxonaning ochilishi dasturga yakun yasaydi.