2019 yil 26 fevral kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Bunyodkor mahallasi Uzumzor ko‘chasida yashovchi R.T. uyi omborxonasida berkitib saqlayotgan 13 kg. 16 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.