Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi tamaki mahsulotlari fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatning Bekobod tumanida joylashgan fuqaro A.J.ga tegishli xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadonning maxsus tayyorlangan yerto‘lasida qiymati 605 mln. 440 ming so‘mlik, 13760 quti «Business Royals» nomli tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotganligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.