Innovatsion rivojlanish vazirligida Kanadaning «Blockfusion» kompaniyasining rahbarlari Aleks Martini-Lo Manto, Jordan Oksley, Kant Trivedi bilan uchrashuv bo‘ldi. Mehmonlarni vazirning birinchi o‘rinbosari v.b. Sharof Rajabboyev qabul qildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Kompaniya vakillari «Blockfusion» blokcheynlar infratuzilmasini yaratuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, kriptografiyani ommaviy joriy qilinishi rag‘batlantirish maqsadida kriptoxizmatlar majmuini taklif etuvchi yangi imkoniyatlarga investitsiyalar kiritish bilan shug‘ullanishi haqida so‘zladilar.

Suhbat davomida O‘zbekistonda yuqori texnologiyalarni joriy qilish, jumladan, quyosh batareyalari va panellari, yuqori tezlikdagi 5G aloqa bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kompaniyaning mahsulotlari haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etilganidan keyin muzokaralarni davom ettirishni kelishib oldilar.