O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (NAPU) «Ilg‘or hudud» innovatsion rivojlanish dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Jizzax viloyatining brend-aydentika konsepsiyasini taqdim etdi.

Jizzax viloyatining yangi logotipi joyning universal qabul qilingan belgisiga aylangan, Jizzax hudud va shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalanuvchi ichida doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi hamda Jizzax viloyatining ichiga nazar solish imkonini beruvchi eshik joylashgan pin elementidan iborat.

Taqdim etilgan namuna yakuniy emas, konsepsiya bir necha oy davomida takomillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 1 martdan Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» sinov loyihasini amalga oshirish ishlari boshlanadi. Dastur doirasida butun viloyatda yirik investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan islohotlar amalga oshiriladi. NAPU mazkur loyihani tayyorlash va amalga oshirishga mas’ul organ etib belgilangan.

Loyihaviy tasvirlar

Salohiyatli sarmoyadorlar uchun marketing kommunikatsiyasiga misol

San’at festivali afishasiga misol

Siti-format afishasiga misol

Shahar avtobus bekatini rasmiylashtirishga misol