Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston xorijiy valyutada chiqarishni mo‘ljallayotgan obligatsiyalarga BB-(EXP) reytingini berdi. Bu haqda agentlik bayonotida so‘z boradi.

Yakuniy reyting taqdim etilgan hujjatlarning avval olingan ma’lumotlar bilan mos kelishiga ko‘ra ma’lum qilinadi.

Obligatsiyalar reytingi O‘zbekistonning uzoq muddatli xorijiy valyutadagi defolt emitenti reytingiga muvofiq keladi. 2018 yil dekabrida Fitch bu reytingga «Barqaror» ko‘rsatkichli BB- darajasini bergan edi.

Avvalroq «Gazeta.uz» O‘zbekiston fevralda 500 mln dollarlik birinchi yevroobligatsiyalarini chiqarishini ma’lum qilgan edi. 7−14 fevral kunlari Nyu-York, Boston va Londonda roud-shoular o‘tkazilib, ularda O‘zbekiston delegatsiyasi yirik investorlar bilan muzokaralar olib boradi.

Global koordinator va qo‘shma bukranner (investorlardan obligatsiyalarni sotib olish haqidagi arizalarni qabul qilish va ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot) sifatida JP Morgan Chase moliyaviy xoldingi tanlangan bo‘lib, Citibank va «Gazprombank» esa yetakchi menejer va bukrannerlari bilan ushbu jarayonda ishtirok etadi.