«Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari «Toshkent xalqaro aeroporti"da dori vositalarini noqonuniy olib o‘tilish holatini oldini olishdi. DBQ matbuot xizmati katta inspektori Javohir Karamatov ma’lum qildi.

Xususan, «Dehli-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqarolar M.X., M.U. va M.Z. yashil yo‘lak orqali harakatlanayotganda bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada ushbu fuqarolar tomonidan yashirin tarzda olib o‘tilayotgan jami 325 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.