Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjat loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qator akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini mavjud shtat birliklarini to‘liq saqlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berish hamda ular negizida «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseylarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Temurbeklar maktablarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun bilimdon, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, teran fikrlovchi, intellektual salohiyatli, jismonan baquvvat hamda o‘z xalqi va ona Vataniga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor nomzodlarni tayyorlash;

yoshlar orasida o‘zining qat’iy e’tiqodi, yot g‘oyalarga nisbatan qarshi tura olishi, mafkuraviy immuniteti mustahkam hamda yuksak intizomga ega, javobgarlik va mas’uliyat tushunchalari yuqori bo‘lgan yoshlarni shakllantirish;

harbiy xizmatchi uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich kasbiy bilim va ko‘nikmalarga, yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, yetuk va barkamol shaxs sifatida o‘z dunyoqarashlari bilan boshqalarni ergashtira oladigan yoshlarni tarbiyalash;

yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosog‘lom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash.

Shuningdek, Temurbeklar maktablari bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar tarzidagi imtiyoz beriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilayotgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining akademik litsey va kasb-hunar kollejlariningro‘yxati: