O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2018 yilda aholiga ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni 5 milliondan oshgani qayd etildi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan qirq barobar ko‘p bo‘lgan. Ayni paytda bitta markazga tashrif buyuruvchilar soni oyiga 600 mingdan 1,5 milliongacha yetmoqda.

Kelgusida markazlarga tashrif buyuruvchilar soni oshishi ehtimoli balandi. Shu bois xizmat sifatini yaxshilash, markazlar binolarini talab darajasida qurish va jihozlash zaruratini yuzaga keltirmoqda.