O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib qayta tashkil etildi va prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘tkazildi.

«Gazeta.uz"ning agentlikdagi axborot manbasi xabariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev agentlikni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi farmon va qarorni imzolagan.

Idora Vazirlar Mahkamasi yurisdiksiyasidan chiqarilib, davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi vakolatli organga aylantirilgan.

Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, matbuot xizmatlari faoliyatini yaxshilash hamda davlat organlari ochiqligini ta’minlash uning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari agentlikning axborot sohasidagi topshiriqlarini bajarishga majbur.

Agentlik direktori davlat rahbari maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirildi.