31 yanvar kuni xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi sayti orqali ma’lumot berildi.

Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Shu kunga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Abilov Feruz Ne’matullayevich Oqdaryo tumani hokimi etib rasman tasdiqlandi.