O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik mabuot xizmati xabar berdi.

Jumladan,

polkovnik Ahmedov Islom Baxtiyor o‘g‘li, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Kamolov Rustambek Madambekovich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Akmalov Farrux Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi IIV 1-son Toshkent akademik litseyi direktori lavozimiga;

polkovnik Toshxo‘jayev Doniyor Baxtiyarovich, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Ortiqov Xasanboy Turg‘unboyevich, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga.