Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbarini «Ahmadobod» xalqaro aeroportida Gujarat shahri gubernatori, Hindiston qishloq xo‘jaligi vaziri va boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, «Jo‘shqin Gujarat» sammitida ishtirok etadi hamda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.