Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 2019 yil 15 yanvar kuni taxminan soat 23:50 larda «Beshqovoq» MFYda yashagan D.S. uyida mast holda yonib turgan shamning ustiga yiqilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Oqibatda uyning jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda D.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlar olib borilmoqda.