16 yanvar kuni Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida Eron terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev harakat qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Dubay shahridagi «Rashid» stadionida bo‘lib o‘tadi.