O‘zbekistonda seshanbadan Facebook va VK ijtimoiy tarmoqlari hamda YouTube videoxostingi yana ochildi. Bunga qadar 10:25 dan tashqi internet-kanallariga mutlaqo kirish imkonsiz bo‘lib qoldi.

Kuz boshidan buyon O‘zbekistondagi internet foydalanuvchilari yuqoridagi xizmatlarga faqatgina VPN orqali kirayotgan edi. Ularga nima sababda ulanish imkonsiz bo‘lib qolgani noma’lum (rasmiylar telekommunikatsiya uskunalarining yangilangani va ICANN nom va domenlar bo‘yicha internet-korporatsiyasi kriptografik kalitlari almashgani haqida ma’lum qildi).

«Gazeta.uz"ning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidagi axborot manbasi ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan cheklov (blok) olib tashlangani, biroq bu vaqtinchalik yoki butunlaymi, ayta olmasligini ma’lum qildi.

AKT vazirligi matbuot xizmati resurslar ochiqligini tasdiqladi. «Ushbu resurslar, umuman olganda ishlayapti», — dedi vazirlik vakili.

O‘zbekistondagi barcha internet provayderlari va operatorlari internetga «O‘zbektelekom» kompaniyasi orqali internetga ulanadi.

Ayni vaqtda UMS davlat mobil operatoriga xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish huquqi berilgan.