Rossiyalik tadbirkor va dasturchi Pavel Durov Buyuk Britaniya yuridik shaxslari reyestridagi Telegram Messenger LLP kompaniyasini tugatish o‘g‘risida ariza berdi. Tadbirkor tomonidan 19 dekabrda imzolangan arizada kompaniyani ro‘yxatga olishni to‘xtatish va uni Buyuk Britaniya yuridik shaxslari reyestridan chiqarish iltimos qilingan.

RKB so‘rov o‘tkazgan ekspertlar tugatish jarayonini kompaniyalar guruhining Telegram Messenger LLP Britan Virgin Orollari (BVO) va Beliz yuridik shaxslari tomonidan ta’sis etilgani bilan bog‘lamoqda. BVO qonunchiligida 2 yanvarda kuchga kirgan o‘zgarish ko‘plab yirik kompaniyalarni faoliyatini tuzilmaviy qayta tashkil etishga majbur etmoqda. Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, yuridik shaxsning tugatilishi shu nomdagi messenjer ishiga ta’sir qilmaydi.

Telegram Messenger LLP 2014 yil fevralida ta’sis etilgan. 2017 yildan kompaniya Rossiyaning axborot tarqatishni tashkil etuvchilar reyestriga kiritilgan bo‘lib, u foydalanuvchilar yozuvlarini deshifrofka qilish uchun ma’lumotlarni FSBga topshirishi lozim.

2018 yil aprelida Telegram FSB talabini bajarishdan bosh tortgani uchun sud qarori bilan Rossiyada bloklandi.