Azim Ahmadxo‘jayev Jizzax viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish hamda kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

O‘tgan yilning avgustdan Azim Ahmadxo‘jayev O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktor o‘rinbosari (mazkur lavozim prezident maslahatchisi o‘rinbosarligiga tenglashtirilgan) bo‘lib ishladi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi uning nomzodini hokim o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi.

Azim Ahmedxodjayev (1979 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 yil). 2016 yil mayidan 2017 yil martiga qadar «Asaka» banki boshqaruvi raisi bo‘lgan. Avvalroq — 2011 yil mayidan — O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ngra boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yil fevralida AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, avgustdan LBMAda raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish masalalari bo‘yicha blok rahbari bo‘ldi.