O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun 1164 raqamli 20 ta kanalga ega call-markazini ishga tushirdi. +998712336946 shahar raqamiga ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, xizmat fuqarolar bilan ishlashni takomillashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Call-markazi har kuni 9:00 dan 18:00 ga qadar ishlaydi.

Yaqin vaqtlarda xorijdan kunu tun qo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘ladigan maxsus raqamni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.