Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borayotgan Rahmonqulov Baxtiyor To‘g‘onboyevich Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.