2019 yilda O‘zbekiston ot sporti bo‘yicha o‘tkaziladigan yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar berdi.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi FEI Jumping Children’s Classic Final 2019 turnirini o‘tkazish huquqini O‘zbekistonga ishonib topshirdi. Bellashuvlar 2019 yilning 17−21 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa konkur bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan chavandozlar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanadi. Sportning ushbu turi bo‘yicha bunday saviyadagi musobaqa O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etiladi.