Vazirlar Mahkamasining «O‘zagroservis» AJ korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, «Avtosanoat Agrotexservis» MCHJ ustav jamg‘armasidagi «O‘zavtosanoat» AJ dillerlik tashkilotlarining ulushi «O‘zagroservis» AJning ustav jamg‘armasiga beriladi.

Tuman «Agrotexservis MTP» MCHJlarining «O‘zavtosanoat» AJ dillerlik tashkilotilari oldidagi kafillik shartnomalari asosida amalda to‘langan qismi bo‘yicha qarzdorliklari hisobdan chiqarildi.

«O‘zagroservis» AJ mashina-traktor parklari «O‘zagrotexsanoatxolding» AJning garov bilan ta’minlanmagan majburiyatlari bo‘yicha kafilliklarini sug‘urta tashkilotlari polislariga almashtirish bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari haqi o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lashi ta’minlanadi.

«O‘zagroservis» AJ va «O‘zagrolizing» AJning tuman «Agrotexservis MTP» MCHJ va «Agrotexservis MTP» MCHJlarining «O‘zagrolizing» AJ va «O‘zmashlizing» MCHJ oldidagi lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarini to‘lash muddati 2021 yil 1 sentyabrgacha uzaytirildi.