O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev 2019 yilning 23 fevralida Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ushbu bahsda unga amerikalik yengilmas bokschi Maykl Foks raqiblik qiladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional boksda 16 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan).

Foks esa prof ringda 19 marotaba jang qilib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin g‘alaba qozongan.