Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida O‘zbekiston davlat bayrog‘i ulkan ko‘rinishda qad rostladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bayroqning balandligi tutqichi va ustuni bilan birgalikda qo‘shib hisoblaganda 62,5 metr, og‘irligi esa20 tonna. O‘rnatish ishlariga jami 1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.