O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyalari Sariag‘ash-Keles temir yo‘l o‘tkazish punktida yuk poyezdlarini qabul qilish va topshirish jarayonlarini tezlashtirishga kelishdi. Bu haqda «Kazinform» xalqaro axborot agentligi xabar berdi.

Toshkentda «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruv raisi o‘rinbosari Fazlitdin Sagdullayev «Kazaxstan temir joli» boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Kanat Almagambetov bilan temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Sariag‘ash-Keles temir yo‘l o‘tkazish punkti o‘tkazuvchanligini oshirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston temir yo‘llari yo‘nalishida yuk oqimi oshgani sababli poyezdlarni yetkazish qiyinlashib, vagonlar aylanishi yomonlashgan.

Tomonlar ushbu o‘tkazish punktida har kuni eng kamida 26 juft yuk vagonlarini qabul qilish yetkazib berishga kelishib oldi. 2017 yilda bu 17 ta poyezd, oktyabrda — 21 juft.

Harakat tarkiblaridan samarali foydalanish uchun tomonlar vagonlarga ishlov berish va oldindan xabardor qilishni tezlashtirish kabi barcha zarur choralarni ko‘radi. Yo‘l bo‘limlarida tezkor shtablar tashkil etiladi.

Bug‘doy va un yuklangan vagonlarning bir qismini Sariag‘ash punki o‘rniga Oazis o‘tkazish punkti orqali G‘alaba stansiyasiga yo‘naltirish belgilandi. Tomonlar ikki mamlakat hududlari orqali tranzit yuklarini tashishda raqobatbardosh tarif stavkalarini belgilash masalasini ko‘rib chiqishga ham kelishib oldi.