Hukumatning 2018 yil 3 dekabrdagi qarori bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 72 ta tashkilot mavjud edi.