O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHning 41-prezidenti Jorj Gerbert Uoker Bushning vafot etgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, katta Jorj Bush 30 noyabr kuni 94 yoshda vafot etdi. 1989−1993 yillarda davlat rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. U AQSH Markaziy razvedkasining 11-direktori (1976−1977 yillarda) hamda mamlakatning 43-vitse-prezidenti ham bo‘lgan (1981−1989 yillarda).