Joriy yilning 27 noyabr kuni Chexiya davlati yirik korxona va tashkilot rahbarlaridan iborat delagatsiya a’zolarini Buxoro viloyat hokimining Turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shahriyorov qabul qildi. Bu haqda Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi, deyiladi viloyat hokimligi rasmiy saytida.

Viloyatda so‘nggi yillarda olib borilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari hamda bu sohada oldinga qo‘yilgan vazifalar delegatsiya a’zolarining katta qiziqishlariga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvda tomonlar Peshko‘ tumanida sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod qurilishi borasida kelishib olishdi.

Shuningdek, xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yetakchi firmalar bilan ish olib boruvchi mazkur delegatsiya a’zolari Chexiyada ishlab chiqarilayotgan isitish tizimlarini hamkorlik asosida O‘zbekiston bozoriga olib kirishni ham taklif qilishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolashdi.