«O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov vazifasidan ozod qilindi. Kompaniya vakili «Gazeta.uz"ga ushbu xabarni tasdiqladi.

«O‘ztransgaz» Sharifjon Tursunovning ozod etilishi sabablarini ma’lum qilgani yo‘q. U bu lavozimga 5 iyun kuni tayinlangan edi.

«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmati izoh berishdan bosh tortdi.